“O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi lavozimidan ozod etildi
Husnutdin Xosilov “O‘zbekiston temir yo‘llari” bosh muhandisi lavozimidan ozod etildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan olingan. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Husniddin Hosilov bir necha yil “O‘zbekiston temir yo‘llari”da rahbarlik lavozimlarida, jumladan, boshqaruv raisi sifatida ham ishlagan.
U 2023-yil iyul oyida investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani sabab lavozimidan ozod etilgan. Keyinroq o‘sha yilning dekabr oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari”da bosh muhandis sifatida ish boshlagan.
Maʼlumot uchun, Husniddin Hosilov 1970-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy. U 1992-yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutining injener-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Hosilov mehnat faoliyatini 1992-yilda “O‘zinterservis” qo‘shma korhonasida tarmoq boshlig‘i sifatida boshlagan. U 2016–2019-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning bosh menedjer–bosh muhandisi lavozimida ishlagan.
Husniddin Hosilovga 2019-yil 5-fevraldan hukumat qarori bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvining raisi vazifasini bajarish yuklatilgan. Shu yilning iyunidan boshlab rasman boshqaruv raisi lavozimini egallaydi. 2020-yil 31-yanvardan esa yana boshqaruv raisi v.b etib tayinlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
“Afrosiyob” tezyurar poyezdining ertalabki qatnov vaqti 1 soat oldinga surilishi mumkin