1 Noyabr 2024, 12:30 Oʻzbekiston

O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzulloyev vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzulloyev 68 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzulloyev vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni, surxondaryolik ilg‘or fermer Ahmad Narzulloyev 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Ahmad Narzullayev 1956-yil 15-martda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. 1979-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan.

Ahmad Narzullayev boshchiligidagi “Lochin” fermer xo‘jaligi 2000-yilda Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etgan. Shu yili “Lochin” fermer xo‘jaligi viloyat bosqichida dehqon, fermer va tadbirkorlar o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi. Ushbu ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ahmad Narzullayev esa ko‘rik-tanlovning “Saxovatli tadbirkor” laureatlik diplomi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlangan. “Tashabbus–2001” ko‘rik-tanlovida Ahmad Narzullayevga “Intizomli soliq to‘lovchi” laureatlik diplomi berilgan.

U 2001-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan, 2003-yilda O‘zbekiston Qahramoni unvoni berilgan.

Mashhur yangiliklar