O‘zbekiston Paulu bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Orol davlat diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 164-davlat bo‘ldi.

O‘zbekiston 164-davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda Palau davlat vaziri Gustav Aytaro bilan uchrashdi. Palau — Tinch okeanidagi AQSH bilan bog‘liq orol davlat bo‘lib, taxminan 18 ming kishi istiqomat qiladi.
Palau davlat vaziri Gustav Aytaro bilan uchrashishdan mamnunmiz. Birgalikda tarixiy hujjat — mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunikeni imzoladik. Ushbu muhim qadam nafaqat munosabatlarimizni rivojlantirishga bo‘lgan o‘zaro intilishimizni aks ettiradi, balki hamkorlik va sheriklikning istiqbolli kelajagiga eshik ochadi, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston diplomatlari Sent-Lyusiyaga yetib borgandi. Orol davlat O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 163-davlat bo‘ldi.
Izohlar