O‘zbekistonning har bir aholisiga yiliga o‘rtacha 2,1 litr toza alkogol to‘g‘ri keladi, deb yozadi World Population Review.

Reyting MDH mamlakatlarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish madaniyatidagi ulkan farqni ko‘rsatadi. Iste’mol darajasi bo‘yicha Moldova (14,1 litr), Belarus (11,4 litr) va Rossiya (10,5 litr) yetakchi bo‘lib qolmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasida raqamlar sezilarli darajada past: Qozog‘istonda 5,4 litr, Qirg‘izistonda 3,9 litr iste’mol qilinadi.

O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich kamroq – 2,1 litr. MDHda eng past ko‘rsatkichlar Tojikiston (0,7 litr) va Turkmanistonda (0,3 litr) qayd etilgan. Ichiladigan alkogol miqdori bo‘yicha jahon miqyosida birinchi o‘rinni Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari egallab turibdi. Ro‘yxatda Ruminiya (17,1 litr) yetakchilik qilmoqda, undan keyingi o‘rinlarda Gruziya (15,5 litr) va Latviya (14,7 litr) bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz stavkalari o‘zgaradi. Hokimiyat shu yo‘l bilan aholining sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirmoqchi.