Hodisa

Sirdaryoda mast ishchi qurilishi tugallanmagan binoning to‘rtinchi qavatidan yiqilib tushdi

Erkak bosh va yelka qismidan jarohat olgan, uning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Sirdaryoda mast ishchi qurilishi tugallanmagan binoning to‘rtinchi qavatidan yiqilib tushdi
Фото: Ситуативное

Sirdaryo viloyatida mast ishchi qurilishi tugallanmagan binoning to‘rtinchi qavatidan qulab tushdi, deb xabar bermoqda Millar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mast erkak qurilishi tugallanmagan binoda qurilish ishlarini olib borgan va ehtiyosizlik oqibatida to‘rtinchi qavatdan pastga qulagan. Voqea joyiga tez yordam mashinasi yetib kelgan va u og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, ishchi boshi va yelkasidan og‘ir jarohat olgan. U reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, erkak hali o‘ziga kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi suv kanaliga tushib ketib, uch kishi halok bo‘lgandi. Avtomobil haydovchisi tirik qoldi, unga hukm o‘qilgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid