Oʻzbek-qozoq chegarasida benzin kontrabandasi bilan shugʻillangan jinoiy guruh fosh etildi
Hozirda holatga aloqador boʻlgan shaxslar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida qoʻshni davlatdan tortilgan yashirin yer osti quvuri aniqlandi. U orqali benzin kontrabandasi amalga oshirilgan, deb xabar bermoqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, kecha, 26-dekabr kuni Bojxona qoʻmitasi va uning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Oʻzbekiston va Qozogʻistonning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda qoʻshni mamlakatdan noqonuniy yoʻllar bilan yonilgʻi (benzin) mahsulotini olib oʻtadigan transchegaraviy jinoiy guruh fosh qilingan.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan qoramol fermasi koʻzdan kechirilganida, Qozogʻiston hududidan Oʻzbekiston hududiga “benzin” yonilgʻi mahsulotlarini noqonuniy oʻtkazishga moʻljallangan, taxminan 500 metr uzunlikdagi “yashirin quvur” borligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda holatga aloqador boʻlgan shaxslar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qozogʻistondagi konda shaxta quladi, qurbonlar bor Xalqaro qidiruvdagi qozog‘istonlik sobiq amaldor O‘zbekistonda ushlandi Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi Turkmanistondan olib kirilgan 115 tonna dizel fosh etildi Oʻzbekiston Qozogʻistonga suv joʻnatishni oshirmoqchi
Soʻnggi yangiliklar







