15 Aprel 2025, 08:10 Oʻzbekiston

Toshkentda yuzlab xonadonlar gazsiz qoladi

Poytaxtning uchta tumanida gaz taʼminoti uziladi.

Toshkentda yuzlab xonadonlar gazsiz qoladi

15-aprel kuni Toshkentning Yakkasaroy, Mirzo Ulugʻbek va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida gaz oʻchiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaztaʼminot” matbuot xizmati.

Gaz taʼminotining uzilishi rejali taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq. Quyidagi mahallalarda gaz taʼminoti toʻxtatiladi:

  • Mirzo Ulugʻbek tumani: soat 10:00 dan 17:00 gacha — Chimyon mahallasida, shuningdek, Mingbuloq va Gulsara koʻchalarida 210 ta xususiy uy, 15 ta koʻp qavatli uy va 23 ta ulgurji isteʼmolchilar;
  • Sergeli tumani boʻyicha: soat 10:00 dan 17:00 gacha — “Uchuvchilar” MFYdagi 730 ta xususiy xonadon va 7 ta yirik isteʼmolchilarda;
  • Yakkasaroy tumani: soat 11:00 dan 18:00 gacha — “Konstitutsiya” mahallasi Yusuf Xos Hojib koʻchasida.

Avvalroq Oʻzbekistonda elektr energiyasi tariflari oʻzgartirilishi va energiya resurslari narxlarining yillik indeksatsiyasi joriy etilishi haqida xabar berilgandi. Indeksatsiya har yili inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, biroq belgilangan darajadan oshmasligi kerak.

Mashhur yangiliklar