
Rossiyada migrantlar pul oʻtkazmalarini nazorat qilinishi mumkin
19 Aprel 2025, 10:21Fargʻona viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida 15-aprel kuni Matiz rusumli avtomobilda gaz balloni portlab ketdi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.
Margʻilon shahrining “Sholdirama” mahallasi Alisher Navoiy koʻchasidagi avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasida soat 12:20 larda portlash sodir boʻlgan. Matiz avtomobilida propan gaz balloni portladi. Portlash yongʻinga sabab boʻlmadi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, Namanganda gaz portlashi oqibatida homilador ayol tanasining 70 foizi kuygan edi. Shifoxonada jabrlanuvchi sogʻlom oʻgʻil farzandni dunyoga keltirdi.