O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi
Asaka tumanidagi 37-umumtaʼlim maktabida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor 34 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Asaka tumanidagi 37-umumtaʼlim maktabi o‘qituvchi-pedagoglari majburiy mehnatga jalb qilingani bo‘yicha xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat davlat Mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Maktab direktori o‘z ko‘rsatmasida, taʼlim muassasasida qurilish ishlari olib borilgani, shu sababli qurilishdan chiqqan chiqindilarni tozalash ishlariga 30 ga yaqin o‘qituvchi-pedagog va texnik xodimlarni majburan jalb qilgani, xodimlar ish stavkalari va dars soatlari qisqarib ketishidan xavotir olib ushbu ishlarni ko‘rsatmasi asosida bajarganini qayd etgan.
O‘rganish davomida Mehnat kodeksining 25-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 349-sonli qarori talablarini buzganligi aniqlangan.
Shu sababli Asaka tumanidagi 37-umumtaʼlim maktabi direktoriga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari – 34 mln so‘m miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi quriladi Andijondagi xonadonlarda 200 dan ortiq suyultirilgan gaz ballon noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi