Notkoin sotgan yana bir yigit 10 sutkaga qamaldi
Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘illangani uchun 10 sutkaga qamaldi.
Karmana tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan G‘.Yo. notkoin sotgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Sud hujjatida keltirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan fuqaroning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilgan. Jarayonda G‘.Yo.ga tegishli telefon va plastik kartadan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullanilgani aniqlangan.
Sud majlisida G‘.Yo. aybini tan olib, kripto-aktivni Telegramda yig‘ganini, 20 000 dona notkoinni 150 AQSh dollari evaziga sotganini ma’lum qilgan. Yigit bu qilmishi noqonuniy ekanini bilmaganini aytib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
JIB Chilonzor tuman sudining 23 iyuldagi qarori bilan G‘.Yo. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155-4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topgan. Unga nisbatan 10 kun ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida olingan telefon apparati tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jarima belgilandi Navoiyda 492 kub metr granit oʻzboshimchalik bilan qazib olindi Navoiydagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi Navoiyda 350 ming gektar yaylov 50 ming aholiga bo‘lib beriladi Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi