Navoiyda 350 ming gektar yaylov 50 ming aholiga bo‘lib beriladi
Yaylovlarning 43 foizi Navoiyda joylashgani, biroq hudud respublikadagi chorva mahsulotining 5 foizini ham bermayotgani qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev 1-noyabrdagi majlisda Navoiy viloyatida har yili 350 ming gektar yaylovni 50 ming aholiga bo‘lib berish vazifasini qo‘ydi.
Majlisda qayd etilishicha, hududi 11 million gektar bo‘lgan Navoiyda bor-yo‘g‘i 100 ming gektarga ekin ekilayapti. Yaylovlarning 43 foizi Navoiyda joylashgani bilan respublikadagi chorva mahsulotining 5 foizini ham bermaydi.
Navoiyda 23,5 ming gektar, shundan 1,7 ming gektar sun’iy havzada baliq yetishtiriladi. Lekin, atigi 15 foizi intensiv bo‘lgani uchun hosildorlik gektariga 2-3 tonnadan oshmayapti.
Yoki, 100 ming gektar suvli yerning 72 foizi nasosda sug‘oriladi. Nasoslarning aksariyati eskirgan va energiya sarfi yuqori. Shunga qaramasdan, viloyatning 50 ming gektarida suv tejovchi texnologiyalar bor, xolos.
Karmana, Konimex, Qiziltepa, Nurota va Xatirchi tumanlarida bu boradagi ishlar sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan paxtachilikda urug‘ sifati va texnologini yangilash, hosildorlikni 70 sentnerga chiqarish, 20 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish, 7 ming gektar bog‘ va tokzorlarni yangilash, hamma suvli yerlarni to‘liq lazerli tekislab, takroriy ekin sifatida 10 ming gektarda kungaboqar yetishtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Har yili 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravorlar urug‘larni sepish hamda 50 ming aholiga bo‘lib berish vazifasi qo‘yildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda sifatsiz ishlar sabab bolalar bog‘chasi qurilishi to‘xtatildi Navoiyda hokim yordamchisi 200 mln so‘m imtiyozli kredit pulini o‘zlashtirgani aytilmoqda To‘rt hududda xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Savdo-sanoat palatasi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi Andijon va Navoiyda “prava” olib berishni vaʼda qilganlar ushlandi