Navoiydagi tovuq fermada mayning qurilmalari o‘rnatilgani aniqlandi
Navoiy shahrida tovuq fermada mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi.
Navoiy shahrida noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Tekshiruvda “O.P.N” MChJ rahbari A.I. parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning qurilmalarini tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarliklar sababli davlat manfaatlariga 106,5 million soʻmlik zarar yetkazilgani maʻlum boʻldi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi (Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jarima belgilandi Navoiyda 492 kub metr granit oʻzboshimchalik bilan qazib olindi Navoiydagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi Navoiyda 350 ming gektar yaylov 50 ming aholiga bo‘lib beriladi Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi