Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jarima belgilandi
Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslar jami 29 million 250 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Navoiy viloyatining Uchquduq hamda Buxoro viloyatining Olot tumanlarida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, reyd davomida fuqarolar R.E. va K.F. tomonidan “UAZ” rusumli avtomashinada Uchquduq tumani, “Shalxar” OFY cho‘l hududidan saksovul butalari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi.
Natijada tabiatga 10,5 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 18 mln 750 ming so‘m jarima belgilandi. Ular jami 29 million 250 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Buxoro viloyatining Olot tumanidagi reyd davomida esa saksovulga shikast yetkazganlar aniqlanib, huquqbuzarlarga qariyb 14 million 625 ming so‘m jarima belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 40 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi Navoiyda 492 kub metr granit oʻzboshimchalik bilan qazib olindi Navoiydagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi Navoiyda 350 ming gektar yaylov 50 ming aholiga bo‘lib beriladi Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi