Navoiyda qariyb 230 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda Nurota tumanida faoliyat yurituvchi “R.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari suv nasosini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 228,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Shuningdek, departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.J.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari parrandalarni parvarishlash obyekti qarzdorligi sababli gaz tarmog‘idan dalolatnoma asosida uzilgan bo‘lsa-da, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa qayta ulanib, jami 136,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbirida “Sh.Q.” dehqon xo‘jaligi rahbari Sh.Q. xo‘jalik artizan qudug‘ining 3 ta suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 103 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jarima belgilandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi