Navoiyda ko‘chatlatlarni qarovsiz qoldirgan 53 nafar mas’ul jarimaga tortildi
Navoiy viloyatida ko‘chatlatlarni qarovsiz qoldirgan 53 nafar mas’ul 180 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi.
Navoiy viloyatida 53 nafar mas’ul 180 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarning holati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, 23-yanvardan 22-iyulga qadar o‘tkazilgan o‘rganish davomida Uchquduq tumanida 10 nafar, Konimex tumanida 7 nafar, Navbahor tumanida 6 nafar, Karmana tumanida 5 nafar, Qiziltepa tumanida 5 nafar, Tomdi tumanida 5 nafar, Xatirchi tumanida 5 nafar, Zarafshon shahrida 4 nafar, Nurota tumanida 3 nafar, Navoiy shahrida 2 nafar, G‘ozg‘on shahrida 1 nafar mas’ul shaxslar tomonidan hududlarda 2023-yil kuzi va 2024-yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga e’tibor qilinmagani, sug‘orilmagani, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmagani aniqlandi.
Holat yuzasidan 53 nafar mas’ul shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 180 million 200 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Navoiyda saksovullarni sindirgan shaxslarga jarima belgilandi Navoiyda 492 kub metr granit oʻzboshimchalik bilan qazib olindi Navoiydagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi Navoiyda 350 ming gektar yaylov 50 ming aholiga bo‘lib beriladi Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi