5 Sentabr 2024, 14:11 Oʻzbekiston

Navoiyda alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Navoiy viloyatidagi oziq-ovqat do‘konida alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy sotib kelingani aniqlandi.

Navoiyda alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Navoiy shahridagi oziq-ovqat do‘konida alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilgani aniqlandi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti.

Ma’lum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi “A.T.” MCHJ mas’ul shaxslari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun ruxsatnoma olmasdan, MCHJga qarashli oziq-ovqat do‘konida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 51,2 mln so‘mlik — 649 dona alkogol hamda 1 249 quti tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar