Namanganda sud raisi o‘rinbosari o‘zganing uyini o‘zlashtirib, sotib yubordi
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosari o‘zganing uyini soxta hujjat orqali o‘zlashtirib, sotib yubordi.
Namangan viloyati sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi A.S. Namangan shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi 49-uydagi o‘zganing egaligidagi xonadonni soxta hujjatlar bilan o‘z nomiga rasmiylashtirib, boshqa bir odamga sotib yuborgani maʼlum bo‘lmoqda.
Kun.uz muxbiri uyning haqiqiy egasi bilan gaplashdi. Uning bildirishicha, kvartirada doimiy hech kim yashamagan. “Bu ehtiyojimizdan ortiqcha bo‘lgan uy edi. Doimiy yashamasak-da, yo‘limiz tushganida bir kun-yarim kun turib ketardik. Usta tushirib, taʼmirlayotgandik, boshqa odam “dokument” ko‘tarib keldi. Shunda bilib qoldik. Ushbu ishga aralashgan insonlarning hammasi javobgarlikka tortilyapti”, deydi uy egasi.
Sudyalar Oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov A. S. ga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini bildirib, tekshiruv xulosasi tegishli qaror qabul qilish uchun Sudyalar oliy malaka hayʼatiga yuborilganini maʼlum qilgan.
Xizmat tekshiruvi natijalari Sudyalar oliy malaka hayʼatiga qaror qabul qilish uchun yuborilganining o‘zi shikoyat vajlari tasdiqlanganini mantiqan anglatadi. Shu mazmundagi savolga Kengash matbuot kotibi “bu haqda gapirishga hali erta” degan umumiy javob bilan cheklandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi 2024-yilda qancha fuqaro tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlangani ochiqlandi