27 Noyabr 2024, 16:45 Oʻzbekiston

Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Namanganda sex 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Namangan viloyati Chust tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati.

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi, DXX, Bosh prokuratura va elektr ta’minoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda Chust tumanida joylashgan Ch.Sh. MCHJ mas’ullari ishlab chiqarish sexida elektr energiyasi hisobi uchun o‘rnatilgan transformatorni qasddan uzib qo‘yib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 159 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mashhur yangiliklar