Boʻstonliqda 7 ta “dacha” energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Hozirda yetkazilgan zarar miqdori hisob-kitob qilinmoqda.
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda, deb xabar beradi Bosh prokuratura axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “dacha”larda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanilishi ahvoli oʻrganilgan. Unda mazkur “dacha”larning 7 tasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Hozirda yetkazilgan zarar miqdori hisob-kitob qilinmoqda, deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura tadbirkorlardan faoliyati davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishlarini soʻragan.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etayotganini eslatgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxs qamaldi Samarqandda 359,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Samarqand va Namanganda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Toshkentning ikki tumani vaqtincha “svet”siz qoladi