31 Iyul 2024, 18:17 Oʻzbekiston

Namanganda nosoz attraksion daraxtga urilishi oqibatida 1 kishining oyog‘i sindi

30 iyul kuni Chust bog‘idagi nosoz attraksion daraxtga borib urilishi oqibatida 4 kishi jabrlandi.

Namanganda nosoz attraksion daraxtga urilishi oqibatida 1 kishining oyog‘i sindi

Namangan viloyati Chust tumanidagi Chust bog‘ida 30 iyul kuni attraksionda texnik nosozlik yuz berdi. Bu haqda Chust tumani hokimligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, attraksionlardan birini boshqarish davomida texnik nosozlik sabab attraksion daraxtga borib urilgan. Buning oqibatida 3 kishi yengil tan jarohati olgan. Bir kishi oyoq son suyagi sinishi natijasiga shifoxonaga olib ketilgan.

Hokimlik bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, o‘sha kunning o‘zida uylariga ruxsat berilgani haqida ma’lum qilgan.

Shuningdek, bemorlarning hech biri shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilmagani qayd etilgan.

Holat yuzasidan tegishli tashkilot xodimlari o‘rganish olib borilmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.

Mashhur yangiliklar