Mpox. O‘zbekiston aeroportlarida nazorat kuchaytirilmoqda
O‘zbekiston aeroportlarida maymunchechakning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu kasallikning yangi shtammi asosan O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘liq bo‘lmagan Afrika mamlakatlarida tarqalmoqda. Ammo shunga qaramay, aeroportlarda ushbu kasallikning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan, fuqaro aviatsiyasi obektlarining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan birgalikda aeroportlar tibbiyot xodimlari uchun maymunchechak kasalligining etiologiyasi, klinik ko‘rinishi, epidemiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olishga qaratilgan sanitariya-targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan.
Xususan, aeroport xodimlariga ushbu kasallik haqida soddalashtirilgan shaklda ma’lumot beriladi va ba’zi alomatlar vizual tarzda qanday namoyon bo‘lishi tushuntiriladi. Bundan tashqari, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda havo harorati yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar o‘rnatiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi