Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev general Igor Kirillovning o‘limi munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati.
Yetakchilar ikki tomonlama kun tartibidagi hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqqan.
Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etilgan.
Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari kimyoviy, radiatsiyaviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Suhbat davomida “O‘zbekiston ushbu jirkanch terrorchilik harakatini keskin qoralashi” va “ikki davlat maxsus xizmatlari o‘rtasida terrorizmga qarshi kurashish sohasida yaqin hamkorlikni davom ettirish niyati” ta’kidlangan.
Avvalroq O‘zbekiston fuqarosi teraktni amalga oshirganlikda gumonlanib ushlangani haqida xabar bergan edik. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, uni Ukraina 100 ming dollar evaziga yollagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada musulmonlarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi Rossiyadagi o‘zbeklar kengashi rahbari Kirillovni o‘ldirishda gumonlanayotgan o‘zbekistonlikni “sotqin” deb atadi O‘zbekiston fuqarosi rossiyalik general o‘limida gumonlanmoqda Rossiyada O‘zbekistondan yuborilgan 18,5 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi Rossiyada qarovsiz qolgan 15 nafar bola vatanga qaytarildi