Madaniyat vaziri festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq ekanini aytdi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Oʻzbekistonda festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq ekanini aytdi.

Samarqand shahrida 26−30 avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtmoqda. Tadbirlar doirasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov OAV vakillariga intervyu berib, bu kabi festivallarni oʻtkazishdan asosiy maqsad nima ekanligi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Xalqaro maydondagi beqarorliklar va boshqaruv imkoniyatlari qanaqadir qora kuchlarda ekani bugun koʻrinib turibdi, buni butun dunyo koʻryapti. Biz mana shunday davrda oʻzimizning qadriyatlarimiz, madaniyatimizni mahkam tutgan va butun dunyoni shu pozitsiyaga chorlagan holda bunday illatlar yoki tahdidlarga qarshi tura olamiz.
Sizlar koʻp savol berasizlar bizga: “Maqom” festivali qilyapsizlar, “Baxshichilik”, “Hunarmandlar” festivallari qilyapsizlar, bular kerakmi, kerakmasmi, undan koʻra asfalt qilgan yaxshimasmi, degan millionta har xil fikrlar bor. Kechirasizlar-u, hozir bu muammo bitta koʻchani asfalt qilgandan koʻra muhimroq. Chunki inson madaniyatiga tahdid bostirib kelyapti, shuning uchun bunaqa festivallarga 3−5 mlrd soʻm ishlatish, menimcha, inson kelajagini asrab qolishda juda muhim. Madaniyat vaziri sifatida festivallarga asfaltdan ham muhimroq, boshqa narsalardan ham oʻta muhim boʻlgan masala, degan Madaniyat vaziri.
Мавзуга оид хабарлар:
Ozodbek Nazarbekov “Qirg‘iziston xalq artisti” bo‘ldi Madaniyat vaziri reklama qilgani aytilgan kiyim do‘koni jarimaga tortildi Тошкент марказидаги кўчада асфальт ўпирилиб тушди Сурхондарёда асфальт ишлаб чиқарадиган корхона фаолияти вақтинча тўхтатилди
Soʻnggi yangiliklar







