Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi
Raqobat qo‘mitasi kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bankni jarimaga tortdi.
Raqobat qo‘mitasi “Invest Finans Bank” AJga kredit xizmati reklamasida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilganligi uchun moliyaviy jarima qo‘lladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bank Toshkent shahrining bir qator ko‘chalaridagi LED monitorli reklama obyektlariga reklama e’lon bergan. Unda “50 000 000 tanishlarsiz, 50 kun foizlarsiz, 5 yilga, ta’til uchun, ta’mirlash uchun, texnika uchun” mazmunidagi axborot keltirilgan.
Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, faqatgina “INFIN BLACK” kredit kartasi uchun 50 million so‘mgacha, 60 oyga, yillik 23,99 foizdan kredit ajratilishi, kartadan naqd pul yechish 2 foiz, kartadan kartaga pul o‘tkazish 1 foiz, alohida belgilanadigan foiz stavkasi yillik 25,55 foizdan 54,75 foizgacha ko‘rsatilgan.
Kredit bo‘yicha qo‘shimcha shartlar va muhim ma’lumotlar tashqi reklamada ko‘rsatilmagan, deyiladi xabarda.
Tashkilotning Maxsus komissiyasi bankni “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzgan deb topdi. Unga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dorilar narxi asossiz oshirilishi tufayli iste’molchilardan 7 mlrd so‘m ortiqcha to‘lovlar undirilgan Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 40 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi Toshkentda qoida buzgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi AI-80 benzinining boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatildi