Jizzaxdagi bog‘chada 2 nafar bola ovqatdan zaharlandi
Paxtakor tumanidagi bog‘chada 2 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi.
Jizzaxning Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ommaviy zaharlandi, deb xabar bermoqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.
Holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2-avgust kuni bog‘chada tarbiyalanayotgan I.F. (qiz bola, 2020-yilda tug‘ilgan) va S.T. (qiz bola, 2019-yilda tug‘ilgan)ning tana harorati ko‘tarilgan. Ota-onasi tomonidan shifoxonaga olib borilganda, bolalar ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.
Shuningdek, shu kunning o‘zida ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan qolgan 14 nafar bola ham yuqumli kasalliklar bo‘limida shifokorlarning kuzatuviga olinib, zarur muolajalar olgan. Ularga sog‘ligidan shikoyat aniqlanmagani tufayli uylariga javob berilgan.
Epidemiologik surishtiruv davomida bolalarga nonushta payti berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Buxoroda 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi