20 Avgust 2024, 09:38 Oʻzbekiston

Jizzaxda qarzdorlarning 23 ta transport vositasi MIB xatloviga o‘tdi

Paxtakor tumanida qarzdorlarning 23 ta transport vositasi MIB tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Jizzaxda qarzdorlarning 23 ta transport vositasi MIB xatloviga o‘tdi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan undiruvlar samaradorligini oshirish, qoldiqdagi ishlarni sezilarli kamaytirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, byuroning Paxtakor tumanida ishchi guruh tomonidan mol-mulklarni xatlovga olish va realizatsiya qilish ishlari amalga oshirilib, tadbirlar davomida 4,8 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari ish yurituvidan tamomlanib, 1,3 mlrd so‘m qarzdorlik amalda undirildi. Bu haqida Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi.

Bundan tashqari, ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha 15 mlrd so‘mlik 24 ta mol-mulklar, jumladan 23 ta (avtotransport va traktor vositalari), 1 ta ko‘chmas mulk xatlovga olindi, shundan soliq qarzdorligi bo‘yicha 12 ta 930 mln so‘mlik mol-mulklar xatlovga olinib jarima maydonchasiga joylashtirilishi ta’minlandi.

Mazkur mulklar qarzdorliklar qoplanmagan taqdirda auksion savdolarida sotilishi ta’minlanadi, deyiladi MIB xabarida.

Mashhur yangiliklar