Jizzaxda o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan soxta bank xodimi ushlandi
Jizzax viloyatida o‘zganing nomiga 20 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Jizzax viloyatida yashovchi ayol M.S. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 20 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyatida yashovchi R.A. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi R.A., jabrlanuvchi ayol M.S.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini bank operatori sifatida tanishtirgan va soxta havola yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritgan. Uning nomidan mobil ilova yordamida ro‘yxatdan o‘tib, 20 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan R.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi Toshkent viloyatida qidiruvdagi ayolning jasadi kanaldan topildi