Jizzaxda hibsxona boshlig‘i 6,5 yilga qamaldi
Sharof Rashidov tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Sharof Rashidov tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash guruhi vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i jinoiy jazoga tortildi. U 2023 yil aprel oyidan ushbu lavozimda ishlab kelgan.
Sud hujjatida keltirilishicha, A.O. tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, hibsxonada saqlanayotgan “Tosh-Shosh kapital” MChJ mansabdori D.E. bilan yaqindan tanishgan. So‘ngra hibsxonaga oziq-ovqat va boshqa narsalar olib kirish va tergovchining ruxsatisiz yaqin qarindoshlari bilan uchrashishga sharoit yaratib berishini aytib, evaziga D.E.dan pul olib kelgan.
U 2024 yil 12 fevral kuni soat 22:20da Jizzax shahar Olmazor mahallasi hududida D.E.ning turmush o‘rtog‘idan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.
Sud hukmi bilan A.O. Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik qilish), 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi), 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (tamagirlik yo‘li bilan pora olish) hamda 28, 211-moddasi 1-qismida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Unga nisbatan 2 yil 6 oy muddatga Ichki ishlar vazirligi tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi