Jizzaxda aka-uka do‘kon ishchilarini kaltakladi
Zomin tumanida probatsiya nazoratida turgan shaxs va uning ukasi ikki kishini kaltakladi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida probatsiya nazoratida turgan shaxs va uning ukasi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ikki xodimni kaltakladi. Bu haqda “Daryo” ma’lum qildi.
Jabrlanuvchining aytilishicha, u Zomin tumani Dashtobod shaharchasida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatib kelgan.
T.X. Labo’sini ta’mirlatish uchun do‘konimga olib keldi. Biz uni ta’mirlab berdik. Xizmat haqimiz ehtiyot qismlari bilan jami 1 million 700 ming so‘m bo‘ldi.
Ishni bitirganimizdan keyin T.X. pulni beravermagach undan xizmat haqimizni berishini so‘radim. U esa ukasi bilan kelib meni va ehtiyot qismlari soluvchi xodimni haqorat qilib, kaltaklab ketdi, dedi jabrlanuvchi.
Voqeadan keyin ichki ishlarga murojaat qilingan. Inspektor ishni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan malakalab sudga olib chiqqan. Sud esa T.X. va uning ukasining xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari bor, deb hujjatlarni prokuraturaga qaytargan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, haqiqatan ham T.X. tuman probatsiya xizmati nazoratida turgan. U Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan aybdor deb topilgan va 2 yil axloq tuzatish ishlari bilan jazolangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi