Jizzaxda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jizzaxda 4 ta avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida yo‘lovchi jarohatlandi.
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 yo‘lida 4-sentyabr kuni soat taxminan 17:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yo‘lning dovon qismida harakatlanib kelayotgan “Gaz-52” yuk avtomashinasi haydovchisi nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda ushbu yuk avtomashinasi o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Captiva’ning orqa chap yon tomonidan va Nexia-3’ning orqa tomonidan urgan. To‘qnashuv oqibatida Nexia-3 o‘zidan oldinda bo‘lgan Spark avtomashinasining orqa qismiga urilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish va rasmiylashtirish vaqtida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Toshkentda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi