Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Jizzax viloyatida ko‘p miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
“O‘zenergoinspeksiya”ning viloyat hududiy boshqarmasi, Bosh prokuratura departamenti va DXX hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.O‘.ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalari (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 160 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi