20 Sentabr 2024, 15:09 •Oʻzbekiston
Jizzax viloyatida temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i pora bilan ushlandi
Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i 4 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i MChJ vakilidan 10 ming dollar talab qildi, deya xabar berdi DXX axborot xizmati.
U, jumladan:
- Tojikistondan O‘zbekistonga olib kelinadigan ko‘mir ortilgan 100 ta yuk vagonini o‘zining tanishlari orqali bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish;
- stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda, temiryo‘l jarimasini qo‘llamaslik;
- yuk belgilangan vaqtda tushirib olingani bo‘yicha hujjatni rasmiylashtirib berish evaziga har bir vagon uchun 100 dollardan jami 10 ming dollar so‘ragan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshlig‘i 40 ta vagon uchun 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ma’lumot uchun, bu mansabdor muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan sudlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
22 Noyabr 2024, 17:55Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
22 Noyabr 2024, 17:19FIFA Abbosbek Fayzullayevni e’tirof etdi
22 Noyabr 2024, 16:42Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
22 Noyabr 2024, 16:02Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi
22 Noyabr 2024, 15:20Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi
22 Noyabr 2024, 14:48