Ikki viloyatda qalbaki pullarni oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qalbaki pullarni oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻka tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Qibray tumani, Yuqori yuz MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 3 200 AQSh dollarini fuqaro A.I.ga haqiqiy 1 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Sirdaryo tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.Z. va boshqalar tadbirkor Sh.N.ning Bunyodkor MFY hududidagi savdo doʻkonidan xarid qilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qalbaki 100 ming soʻmlik kupyurani bergan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 1,3 mln soʻm qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi Farg‘ona viloyatida “valyutchik”lar qo‘lga tushdi Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi