26 Iyul 2024, 09:56 Oʻzbekiston

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yoʻldoshev oilaviy sabablarga koʻra terma jamoa ixtiyorini vaqtinchalik tark etdi.

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazdi. O‘sha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur o‘yinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.

Biroq o‘sha kuni O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining xabar berishicha, futbolchi oilaviy sabablarga ko‘ra terma jamoa ixtiyorini vaqtinchalik tark etishiga to‘g‘ri kelgan.

Mashhur yangiliklar