17 Avgust 2024, 10:52 Oʻzbekiston

Hududlarda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Hududlarda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchko‘prik tuman bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.W.” MCHJ rahbari I.M. korxonaning ishlab chiqarish sexiga o‘rnatilgan quritish pechini umumiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 379,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.b.” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati mas’ul shaxslari va boshqalar shirkatga qarashli transformatorga Yangiyo‘l tuman TET PK “Elektr hisob” dasturiga kiritilmagan elektr hisoblagich o‘rnatib, jami 279,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar