Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Amaldagi qonunchilikda bu uchun ma’muriy javobgarlik belgilangandi.
Prezident imzolagan qonun bilan foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish huquqbuzarligini takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra (MJTK 70−2-moddasi), foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish fuqarolarga BHMning 30 dan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 50 dan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shu huquqbuzarlik ma’muriy chora qo‘llangandan so‘ng bir yil davomida takrorlansa, uni sodir etishda foydalanilgan ashyo musodora qilinadi va fuqarolarga BHMning 50−70, mansabdorlarga 100−150 baravarigacha jarima solinadi.
Yangi hujjatga ko‘ra esa, jinoyat kodeksiga foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olishni shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin takror sodir etganlik uchun, shuningdek, foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, MJTKga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, yer berish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda xorijliklarni nomaqbul shaxs deb topish haqidagi qonun kuchga kirdi O‘zbekistonda istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi Prezident bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi