Farg‘onalik 2 yoshli qizchaning qornidan 149 dona magnit sharcha chiqarib olindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi qizcha shifokorlar nazoratida o‘zini yaxshi his etayotganini ma’lum qildi.
Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy yordam markazida 2 yoshli qizning qornidan 135 ta magnit sharcha olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, qizaloq magnit sharchalar bilan o‘ynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt o‘tishi bilan sharchalar qornida yig‘ilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan.
Ota-onasi zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialiga murojaat qilgan. Tekshiruvlar o‘tkazilganida qorinning ikki yonida magnitlar yig‘ilib qolgani aniqlangan.
Shifokorlar konservativ usulda davolashga kirishib, qayd qildirish orqali sharchalardan 14 donasini chiqarib oladi, ammo aksariyati ichkarida qolgan.
Shundan so‘ng qizcha Toshkentga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. U yerda go‘dak yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazilgach, jarrohlik amaliyoti boshlab yuborilgan. Shifokorlar to‘rt yarim soat davom etgan operatsiyada qizaloq qornidan 135 ta magnit sharcha olib tashlagan.
Operatsiyani tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov hamda markazning Nozim O‘rmonov, Dilmurod Sabirov kabi tajribali mutaxassislari amalga oshirgan. Vazirlik qizcha shifokorlar nazoratida o‘zini yaxshi his etayotganini ma’lum qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketdi Toshkentda avtobusda yo‘l haqini naqd pulda toʻlashga uringanlar jarimaga tortiladi Toshkentda dori savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi Toshkentda fuqaro hojatxona uchun qazilgan chuqurlikka tushib ketdi Toshkentdagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi