Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Yangiyo‘l tumani, “Paxtachi” MFY hududida bo‘lib o‘tgan reyd davomida davlat raqami yechib olingan yuklagich (ekskavator) yordamida yuk tashuvchi avtotransport vositasiga Chirchiq daryosining oqim bo‘ylab o‘ng qirg‘og‘i muhofaza mintaqasi hududidan qum-shag‘al aralashmasi ortib berilayotgani aniqlandi.
Inspektorlar tomonidan holatga aniqlik kiritilganida “M.Q.T.” MChJga tegishli avtotransport vositalari yordamida qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, “G.S.” MChJga tegishli bo‘lgan tosh maydalash sexiga olib borib to‘kilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga 233 milliard 99 million 588 ming 672 so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi oqibatida 3,5 ming xonadon gazsiz qoldi Chirchiq daryosi o‘zaniga 273,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinganlar tabiatga 183 mlrd so‘m zarar yetkazdi Toshkent viloyatida noqonuniy qum-shag‘al qazilishi tufayli tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi Qashqadaryo o‘zanidan noqonuniy qum qazib olinishi oqibatida tabiatga 6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi