Chiqindidan qarzdorlar elektr energiyasidan uzilmaydi
1-noyabrdan chiqindidan qarzdorlar elektr energiyasidan uzilishi haqidagi xabarlar rad etildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan chiqindidan qarzi borlar elektrdan tо‘liq uzilishi haqida xabarlar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bu mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qildi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan chiqindi tashish va olib ketish xizmatida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024-yil 31-oktyabr soat 23:50 dan 5-noyabr soat 23:50 gacha profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, agentlik tomonidan mazkur vaqt oralig‘ida chiqindi xizmati uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘lishini haqida xabar bergan.
Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda notо‘g‘ri talqin qilinishi natijasida kо‘pgina manbalarda chiqindi xizmatidan qarzi bor fuqarolar elektr energiyasidan ham uzilishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda, deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan prezidentning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan isteʼmolchining chiqindi bo‘yicha qarzdorlik boʼyicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi amaliyoti bо‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.
Shu о‘rinda chiqindidan qarzdor iste’molchilar elektr energiyasidan uzilishi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi