Chang va juda issiq — 20-iyul ob-havosi haqida qisqacha
Ba’zi joylarda havo soyada 45 darajagacha isiydi.

20-iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo kuzatilib, chang-to‘zonli shamol esadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 40-42° bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, cho‘l hududlarda 31-33° gacha, kunduzi 38-43°;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30°, kunduzi 40-45° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida sharqiy shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Avvalroq Toshkent so‘nggi 157 yildagi eng issiq 4-iyulni boshdan kechirgani haqida xabar berilgandi. Mutlaq rekordga 1 daraja yetmay qolgan. Issiq havoning kirib kelishi 2-iyul kuni Afg‘oniston va Turkmaniston hududlaridan boshlandi, bu vaqt ichida eng yuqori havo harorati Navoiy viloyati cho‘llarida qayd etildi — soyada 47 daraja.
Izohlar