O‘zbekiston

Tramp AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida “misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuv”ni e’lon qildi

Kelgusi o‘n yil ichida O‘zbekiston tomoni Amerikaning asosiy tarmoqlariga 100 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida post yozib, unda AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida “misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuv” tuzilganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.

AQSH rahbarining aytishicha, O‘zbekiston yaqin 3 yil ichida qariyb 35 milliard dollarlik xaridlarni amalga oshiradi va sarmoya kiritadi. Keyingi 10 yil davomida esa Amerikaning asosiy sohalariga 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda, jumladan:

  • nodir minerallar;
  • aviatsiya;
  • avtomobil butlovchi qismlari;
  • infratuzilma;
  • qishloq xo‘jaligi
  • energetika va kimyo;
  • axborot texnologiyalari.

Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz! — deb yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Oq uyda bo‘lib o‘tgan “C5+1” sammitidagi ishtirokini yakunlagandi. Prezident Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasida investitsiya, savdo, energetika, texnologiya va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная