19 Sentabr 2024, 14:35 Oʻzbekiston

Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi

Holat yuzasidan 2 nafar huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi.

Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun internat uyi hovlisida 17 tup daraxt kesib tashlandi. Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘rganishlar davomida, “Muruvvat” uyi hududidan 2 nafar fuqaro tomonidan 17 tup har xil turdagi daraxt kesib tashlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan 2 nafar huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 42 million 780 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hamda jarima qo‘llanildi.

Mashhur yangiliklar