13 Avgust 2024, 19:00 Oʻzbekiston

Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni noqonuniy ovlaganlar qamaldi

Buxoro viloyatida Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni noqonuniy ovlagan to‘rt nafar fuqaroga sud tomonidan jazo tayinlandi.

Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni noqonuniy ovlaganlar qamaldi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu fuqarolar 2023-yil 16-dekabrida Og‘itma ko‘lidan Qizil kitobga kiritilgan 12 dona Turkiston mo‘ylovdori, 7 dona tovonbaliq, 17 dona zog‘ora hamda 1 dona moybaliqni taqiqlangan usulda, ya’ni to‘r yordamida ovlagan.

Natijada tabiatga 292 million 162 ming so‘m zarar yetkazilgan va hujjatlar sudga taqdim etilgan.

Holat yuzasidan uch nafar huquqbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismi bilan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Yana bir huquqbuzar Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismining “g”, “e”, “j” bandlari bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mashhur yangiliklar