4 Noyabr 2024, 09:12 Oʻzbekiston

Buxoroda ona 3-sinf qizining qo‘li va yuziga qizigan temir bosdi

Shofirkon tumanida ona 9 yoshli qizining qo‘li va yuziga qizigan oshxona temir kapkirini bosdi.

Buxoroda ona 3-sinf qizining qo‘li va yuziga qizigan temir bosdi

Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida 9 yoshli qizining qo‘li va yuziga qizigan kapkir bosdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.J. (1990-yilda tug‘ilgan ayol) 25-oktyabr kuni uyining oshxonasida 2015-yilda tug‘ilgan qizi B.A.ning qo‘llari va yuz qismiga qizigan oshxona temir kapkirini bosib, qizi B.A.ga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda voyaga yetmagan B.A. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan zaruriy tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi TG tomonidan M.J.ga nisbatan JKning 126 (1)-moddasi 3 -qismi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar