Toshkentda poyezd 15 yoshli bolani urib ketdi
Toshkentda temiryo‘lning belgilangan qismidan velosipedda kesib o‘tayotgan 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
23-oktabr kuni Toshkent mintaqasi temiryo‘lining Nurhayot — Salar bekatlari oralig‘ida poyezd voyaga yetmagan fuqaroni urib ketdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 17:52 da shahar IIBBga temiryo‘lning 7-to‘sig‘ida poyezd noma’lum shaxsni urib yuborgani haqida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi belgilangan o‘tish joyidan velosipedda o‘tayotgan Sh. Ch.ni (2009 y.t.) urib yuborgan.
BP ma’lumotlariga ko‘ra, bola Qashqadaryodagi kollej 1-kurs talabasi hisoblanadi va onasi bilan Qibray tumaniga mehmonga kelgan.
U tez tibbiy yordam mashinasida Yunusobod tumani 7-son shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgan. 24-oktabr kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazining “Bolalar bo‘limi»ga o‘tkazilgan.
Unga bosh miya chayqalishi, aralash shikast, ko‘krak qafasi yopiq shikasti, o‘pka lat yeyishi, qorin yopiq jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zavod aniqlandi Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklandi Yunusobod bozori o‘rnida uch qavatli savdo markazi va ekobozor quriladi Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda 18 yoshli haydovchi vafot etdi Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan zavod aniqlandi