31 Iyul 2024, 17:43 Oʻzbekiston

Buxoroda korxona 345 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Shofirkon tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona 345 mln so‘m zarar yetkazdi.

Buxoroda korxona 345 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Buxoroda suv nasosini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan MCHJ 345 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Unga ko‘ra, “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Shofirkon tumanida joylashgan “SH.H.G.S.S.” MCHJga qarashli bo‘lgan suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 345 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar