10 Avgust 2024, 19:30 Oʻzbekiston

Buxoroda ikki yigit Damasning ustiga chiqib harakatlandi

9 avgust kuni Buxoro viloyatida ikki nafar yigit yurib ketayotgan Damas avtomashinasining ustiga chiqib oldi.

Buxoroda ikki yigit Damasning ustiga chiqib harakatlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida harakatlanib ketayotgan Damas avtomashinasining ustiga ikki nafar yigit chiqib olgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, videodagi holat kecha, 9 avgust kuni kuzatilgan. Viloyatning Romitan tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 236-kilometrida harakatlanayotgan Damas transport vositasining tom qismiga ikki nafar o‘smir chiqib olgan. Ularning bu harakati yo‘lda ketayotgan boshqa bir avtomobil yo‘lovchilari tomonidan videoyozuvga tushirilgan.

Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, mazkur transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.

Mashhur yangiliklar