24 Iyul 2024, 15:10 Oʻzbekiston

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi

O‘zbekiston terma jamoasi Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi futbol uchrashuvi bilan boshlaydi.

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi

O‘zbekiston terma jamoasi Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi futbol uchrashuvi bilan boshlaydi. O‘yin 24-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da Parijdagi “Park de Prens” stadionida boshlanadi. O‘zbekistonlik futbolchilar oq libosda maydonga tushadi.

Terma jamoalar tarkibida 23 yoshgacha bo‘lgan (2001-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan) futbolchilar ishtirok etadi. O‘zbekiston jamoasi arizasiga ko‘ra ushbu yoshdan katta 3 nafar futbolchi (Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov) kiritilishi mumkin (to‘liq tarkib).

“S” guruhida O‘zbekiston Ispaniyadan keyin 27-iyul (20:00) kuni Misrga qarshi bahs olib boradi, uchinchi o‘yin esa 30-iyul (18:00) kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkaziladi.

Maʼlumot uchun, Olimpiadada O‘zbekiston delegatsiyasi tarixida ilk bor 90 nafar ishtirokchi sportning 19 turi bo‘yicha 75 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bo‘lajak o‘yinlarda O‘zbekiston futbol, o‘q otish, suvga sakrash va ayollar kurashi kabi sport turlari bo‘yicha debyut qiladi. Rasmiy ravishda Olimpiada 26-iyuldan 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

 

Mashhur yangiliklar