4 Dekabr 2024, 17:01 Oʻzbekiston

Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari belgilandi

Prezidentning bolalar masalalari boʻyicha muhim farmoni qabul qilindi.

Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari belgilandi

“Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi;
  • Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkiblari.

Bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda roʻyobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, maʻnaviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va isteʻdodini toʻliq namoyon etishiga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish ularning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning joylardagi boshqarmalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tegishlicha Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya va hududiy komissiyalarning ishchi organi vazifasini bajaradi.

Mashhur yangiliklar