Bekzod Mamatqulov O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib saylandi
Shuningdek federatsiyaga vise-prezident va bosh kotib ham tasdiqlangan.
Toshkentda 25-dekabr kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.
Tadbir avvalida O‘FA hamda O‘zPFL futzalni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, mini-futbol va sohil futbolini aholi orasida ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida ularni yagona tuzilmaga birlashtirishga qaror qilingani qayd etildi.
O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston futzal federatsiyasining Ustav loyihasi hamda Ijroiya qo‘mita a’zolari tasdiqlangan. Shundan so‘ng, tashkilotning ta’sis hujjatlari belgilangan tartibda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan.
2025-yildan faoliyatini boshlaydigan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov nomzodi ma’qullandi. Jumladan, federatsiyada:
- Bekzod Mamatqulov — federatsiya prezidenti;
- Aziz Akbarjonov — vise-prezident;
- Ma’rufjon Abdullayev — bosh kotib.
Tadbir davomida futzal bo‘yicha terma jamoamizning keyingi Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etishiga tilak bildirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Abbosbek Fayzullayev yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi O‘zbekiston – BAA o‘yini chiptalari bir necha soatga yetmay sotib bo‘lindi Oʻzbekiston-Shimoliy Koreya oʻyinida maydonga tushgan muxlislar jiddiy jazolanadi